Kafellar orasidagi psixotrop tabletkalar fosh bo‘ldi

10:22 22 Aprel 2025 Jamiyat
149 0

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi yuk vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Ko‘rik jarayonida vagonlardan birida hujjatlariga ko‘ra kafel mahsulotlari borligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, tekshiruv natijasida boshqa mahsulotlar ham borligi aniqlandi. Xususan, vagonning old qismi ikki yon tomoniga yashirincha joylashtirilgan polietilen qoplar va qog‘oz quti ichida 5 turdagi jami 120 510 dona psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun, mazkur psixotrop vositalar yurtimiz hududida muomalasi cheklangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ularni mamlakatga olib kirish yoki tranzit qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?