Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning "yostigʻini quritdi"

17:15 03 Iyun 2025 Dunyo
240 0

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.

Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.

Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafah shahrida sodir etilgan soʻnggi shunday hujumlar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 27 nafarga yetgan.

“Gʻazo shimolidagi Jabaliya hududida sodir boʻlgan otishmada uch nafar Isroil askari halok boʻldi. Bu toʻqnashuv mart oyida HAMAS bilan oʻt ochishni toʻxtatish bitimi tugatilgandan buyon sodir etilgan eng yirik otishmaga aylandi”, — deyiladi xabarda.

Soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davomida kamida 54 ming 510 nafar falastinlik halok boʻlgan. 124 ming 901 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер