Islomoboddan Londonga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻndirildi
Arxiv surat
Islomoboddan Londonga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi.
Bugun, 22-sentyabr kuni Pokiston poytaxti Islomoboddan Buyuk Britaniya poytaxti Londonga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi. Bunga ushbu layner bortida boʻlgan yoʻlovchi ayolning oʻlimi sabab boʻlgan.
Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” “Telegram” kanali xabar tarqatdi.
Manbaga koʻra, mazkur “Boeing 777-200ER” samolyoti “British Airways” aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan.
“Islomobod – London yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan VA-260 reysi ekipaji parvoz vaqtida Toshkentdagi zaxira aeroportga qoʻnish haqida qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.
Boshqa bir manbada ushbu reysdagi 83 yoshli yoʻlovchi ayol oʻzini yomon his qilgani, samolyot Toshkentga yetib kelguncha u hayotdan koʻz yumgani haqida maʼlum qilindi.
Barcha yoʻlovchilar samolyotdan tushirilib, Toshkent aeroporti hududiga joylashtirilgan. Ushbu maʼlumotni Toshkent aeroporti xodimi ham tasdiqladi va ayolning oʻlimiga yurak urishining toʻxtashi sabab boʻlganini aytdi.
Marhum yoʻlovchi qaysi davlat fuqarosi ekani haqida maʼlumot yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring