Ikki nafar FVV xodimi jahon chempioni boʻldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikki nafar xodimi jahon chempioni boʻldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 30 ta davlat sportchilari qatorida FVV jamoasi ham ishtirok etdi. Unda, sportchilar sportning bir nechta turi boʻyicha bellashdilar.
Mazkur musobaqada, kurashning grepling turi boʻyicha 74 kg vazn toifasida Jizzax viloyati FVB Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadi yongʻin-qutqaruvchisi oddiy askar Kamronbek Ahmedov faxrli 1-oʻrinni egallab, jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, sportning toʻliq jang turi boʻyicha +100 kg vazn toifasida Toshkent shahar FVB Yashnobod tumani FV boʻlimi qutqaruvchisi oddiy askar Erkinov Javohirbek faxrli 1-oʻrinni egallab, jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Avvalroq sportning qoʻl jangi turi boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik YPX xodimi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring