Ichki ishlar organlariga ishga kiritishni vaʼda qilgan “uddaburonlar” qoʻlga tushdi
Fuqarolarni ichki ishlar organlariga ishga kiritishni vaʼda qilib, katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar Adliya boshqarmasida oddiy aloqa operatori lavozimida ishlab kelgan, 1992-yilda Urganch shahrida tugʻilgan shaxs Xonqa tumanida yashovchi fuqaroni oʻzining goʻyoki mansabdor tanishlari orqali ichki ishlar organlariga ishga joylashtirishni vaʼda qilgan. U lavozimning darajasiga qarab narx belgilab, oddiy askar lavozimlariga kirish uchun 1500 AQSH dollari, ofitser lavozimlariga esa 2000 AQSH dollari talab qilgan.
Mazkur shaxs Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida vositachi orqali 1900 AQSH dollari va 1 mln 295 ming soʻm olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbir chogʻida esa Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash boshqarmasi Qarshi shahar boʻlimida faoliyat yurituvchi xodim Koson tumanida yashovchi fuqaroni viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, 2000 AQSH dollari olgan. Bu holat ham Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar xodimlari tomonidan fosh etildi.
Har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddi organlar bu kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish boʻyicha ishlarni qatʼiy davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring