Ichki ishlar mansabdori sifatida oʻzini tanishtirgan advokat va uning sherigi ushlandi

17:09 05 Iyun 2025 Jamiyat
188 0

Davlat xavfsizlik xizmati Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida firibgarlikka urinish holati fosh etildi va ikki nafari shaxs qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1980-yilda tugʻilgan fuqaro, avval firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, oʻzining sherigi boʻlgan – poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati bilan til biriktirgan. Ulardan biri advokatni goʻyoki Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentida yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor sifatida tanishtirgan. Ular bu niqob orqali jinoyat kodeksi boʻyicha hukm etilgan mahkumni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga koʻchirish ishlarini amalga oshirishni vaʼda qilgan.

Fuqarolardan birining murojaatiga koʻra, 2024-yilda sud hukmi bilan 8-yil 7 oy ozodlikdan mahrum etilgan va hozirda Buxoro viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtayotgan mahkumni Toshkent viloyatidagi 7-sonli JIEMga koʻchirish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilingan. Talab qilingan mablagʻni berish vaqtida mazkur shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora olishga koʻmaklashish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov doirasida ularni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda ish boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер