Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi joriy etiladi

Illyustrativ foto
Hukumatning 15-sentyabrdagi qarori 580-sonli qarori bilan “Reyting koʻrsatkichlari asosida “Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi”ni baholash” reglamenti tasdiqlandi.
Reglament reyting koʻrsatkichlari asosida hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini baholash tartibini belgilaydi.
Reyting 2 yoʻnalishda baholanadi:
• investitsiya salohiyati. Mazkur yoʻnalishda statistik koʻrsatkich va subkoʻrsatkichlardan iborat boʻlgan ustuvor omillar va ularning vaznlari asosida hududlar investitsiya salohiyati baholanadi;
• boshqaruv samaradorligi. Mazkur yoʻnalishda hududlarda tadbirkorlarning soʻrov natijalari orqali koʻrsatkich va subkoʻrsatkichlar asosida boshqaruv samaradorligi baholanadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi reytingni baholash operatori boʻlib, kuyidagi vazifalarni bajarish uchun masʼul hisoblanadi:
• baholash jarayonini umumiy muvofiqlashtirish;
• elektron platformani boshqarish;
• natijalarni taqdim etish.
Reyting ballari 4 ta bosqichda elektron platforma orqali hisoblanadi. Baholash operatori reyting baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring