Guterrish Oʻzbekistonga keladi

10:43 29 Iyun 2024 Siyosat
572 0

29-iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi. U Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Nyu-Yorkdagi brifingda maʼlum qildi.

Unga koʻra, har bir davlatda BMT Bosh kotibi davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi. Safarning ilk manzili Oʻzbekiston boʻladi.

Guterrish 4-iyulda Ostonada boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi. U nutqida forum ishtirokchilariga BMT Nizomi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida keltirilgan koʻp tomonlama tamoyillarga sodiqlikni yana tasdiqlash kerakligini eslatib oʻtadi. Shuningdek, bu saʼy-harakatlar negizida tinchlikka intilish yotishi kerakligini taʼkidlaydi.

U 7-iyul kuni Nyu-Yorkka qaytadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер