Gulistonda ichimlik suvi quvurlari burgʻulash usulida yotqizildi

13:02 17 Dekabr 2025 Jamiyat
169 0

Guliston shahrida joriy yil boshida ichimlik suvi bir kunda uch mahal, jami 9 soat berilar edi, ayni paytda esa 24/7 tartibida uzatilmoqda.

Buning uchun shahar hududida 64 km suv tarmoqlari tortildi, 2 ta inshoot rekonstruksiya qilindi. Eʼtiborli jihati, ushbu loyiha yangicha yondashuv asosida amalga oshirildi: gorizontal burgʻilash usuli qoʻllanildi.

- Gorizontal burgʻulash orqali quvurlar yotqizish anʼanaviy, yaʼni ochiq kovlash bilan xandaq hosil qilishga nisbatan har jihatdan samarali usul, -deydi “Sirdaryo suv taʼminoti“ AJ direktori oʻrinbosari Sardor Jumanazarov. – Birinchidan bunda vaqt ham, mablagʻ ham tejaladi. Ikkinchidan, ish sifati yuqori boʻladi. Joriy yilda Sirdaryo viloyati boʻyicha 154,4 km ichimlik, 66,9 km oqova suv tarmoqlari va 87 ta suv inshootini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi.

Shu bilan bir qatorda ichimlik suv taʼminoti ogʻir boʻlgan Boyovut va Xovos tumanlaridagi magistral va ichki tarmoqlarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada Xovos tumanidagi Mustaqillikning 25-yilligi, Sohibkor, Sharqobod va Qayirma, Boyovut tumanidagi Iftixor, Farxod, Ijodkor, Uchturgʻon, Maʼnaviyat, Madaniyat, Navroʻz mahallalaridagi qariyb 32 ming kishidan iborat aholi “Zomin suv” markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?