Germaniyaning eng yirik aeroporti sichqon sabab “svet”siz qoldi
Germaniyaning Frankfurtdagi eng yirik aeroporti kemiruvchi tufayli qisman elektr quvvatisiz qoldi. Bu haqda “Spiegel” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 5-avgust kuni tunda Frankfurtdagi eng yirik aeroportda avariya sabab elektr energiyasida uzilishlar yuz bergan. Elektrdagi uzilishga qoʻshimcha ravishda, terminal maydoni qisman tutun bilan qoplangan.
Aeroport vakilining soʻzlariga koʻra, zudlik bilan favqulodda zaxira quvvat yoqilgan, shuning uchun yoʻlovchilarga hech qanday xavf boʻlmagan. Ertalab normal quvvat tiklangan. Biroq avariya bagajni saralash tizimidagi nosozlik tufayli “Discover Airlines” va “Lufthansa” aviakompaniyalarining parvozlar jadvalini biroz buzgan.
Qayd etilishicha, elektr uzilishi tufayli aeroportning 1-terminalidagi hududlar zarar koʻrgan. Ushbu sektordan asosan “Lufthansa” aviakompaniyasi foydalanadi.
Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, halokatga kemiruvchi sabab boʻlgan, chunki qisqa tutashuv sodir boʻlgan joyda chaynalgan kabel hamda uning yonida sichqon oʻligi topilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring