Germaniya malakali xorijlik ishchilar uchun soliq imtiyozlari berishi mumkin
Germaniya malakali xorijlik ishchilarni jalb qilish uchun yangi soliq imtiyozlarini koʻrib chiqmoqda. Rejada kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari va pensiyaga chiqishdan oldin uzoqroq ishlash uchun imtiyozlar mavjud. Ushbu chora-tadbirlar Germaniyani korxonalar va malakali ishchilar uchun yanada qulay qilish uchun moʻljallangan.
Mazkur oʻzgarish haqda xabar bergan “Deutsche Welle” nashrining yozishicha, Federal moliya vaziri Kristian Lindner Olmoniyada ishlagan dastlabki uch yil davomida chet ellik mutaxassislar uchun soliq imtiyozlarini eʼlon qildi. Malakali mutaxassislar uchun chegirmalar 30, 20 va 10 foiz boʻladi. Qayd etilishicha, bu reja muxolifatdagi siyosatchilar va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan tanqidga uchradi.
Tanqidchilarning taʼkidlashicha, soliq imtiyozlari mahalliy ishchilarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlishi mumkin. “Yashillar” partiyasi rejaning Germaniya Konstitutsiyasiga mos kelishidan xavotir bildirgan. Ularning fikricha, bu Germaniya asosiy qonunidagi tenglik tamoyilini buzishi mumkin.
Federal mehnat vaziri Xubertus Xayl ham rejadan xavotir bildirdi. Jamoatchilikda tushunmovchiliklarga yoʻl qoʻymaslik zarurligini taʼkidladi. Iqtisodiy ragʻbatlantirishga intilayotgan “Erkin demokratik partiya” esa tanqidni asossiz va mamlakatdagi demografik muammolarni hal qilishdagi “kalit” sifatida koʻrmoqda.
Ayni paytda Germaniya iqtisodiy oʻsishga toʻsqinlik qiladigan malakali ishchilarning katta tanqisligiga duch kelmoqda. Taklif etilayotgan soliq imtiyozlari esa mamlakatga koʻproq malakali ishchilarni jalb qilishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring