Germaniya HAMAS bilan oʻt ochishni toʻxtatishni taʼminlash uchun Isroilga uch nafar harbiy yuboradi
Germaniya armiyasi HAMAS bilan oʻt ochishni toʻxtatishni taʼminlash uchun Isroilga uch nafar askar yuboradi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Germaniya mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilga boradigan uch nafar harbiylarning ikki nafari shtab ofitseri va bir nafari brigada generali boʻladi. Ular keyingi hafta operatsiya zonasiga yetib kelishi rejalashtirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Isroilga boradigan uch nafar shaxsning barchasi harbiy formada, ammo qurolsiz boʻladi. Ularning asosiy vazifasi Isroil va HAMAS tashkiloti oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatish, mintaqani urush oqibatlaridan tozalash va gumanitar yordamni muvofiqlashtirishdan iborat boʻladi.
Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Trampning 20 banddan iborat tinchlik rejasining ikkinchi bosqichida koʻzda tutilgan Gʻazo sektori uchun Xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini yaratishga yordam berishi ham koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring