Gʻazoga yordam olib borayotgan faollar deportatsiya qilinmoqda
Ekologik faol Greta Tunberg Isroildan chiqarib yuboriladi. Isroil OAVlari xabar qilishicha, Tunberg 7-oktyabr, seshanba kuni Gretsiyaga deportatsiya qilinadi. Qaror 1-oktyabr kuni Isroil harbiylari tomonidan uning hibsga olinishidan soʻng qabul qilingan. Tunberg Gʻazo sohilidan bir necha yuz kilometr uzoqlikda gumon sifatida toʻxtatilgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, Greta Tunberg va boshqa faollar Gʻazo sektoriga gumanitar yordam olib borayotgan boʻlgan. Isroil harbiylari bu harakatni “siyosiy aksiya” sifatida baholab, ularni hibsga olgan. Isroil nashrlariga koʻra, faollar operatsiyani moliyalashtirayotgan shaxslarni yashirish maqsadida telefonlarini suvga tashlab yuborgan.
Tunberg keyinchalik hibsdagi sharoitlardan norozilik bildirib, suv va oziq-ovqat yetishmasligini, hasharotlar va qattiq oʻrindiqlardan shikoyat qilganini aytdi. Isroil tomoni esa bu ayblovlarni rad etdi.
OAV maʼlumotlariga koʻra, Tunberg va boshqa faollarni deportatsiya qilish xarajatini Gretsiya hukumati qoplaydi. Afina “Gʻazo flotiliyasi”da ishtirok etgan yana 27 nafar gretsiyalik fuqaroni ham olib chiqish uchun mablagʻ ajratgan. Isroil tomoni bu harakatni “tashviqot va provokatsiya” deb baholamoqda va Gʻazo aholisiga gumanitar yordamni faqat kelishilgan xalqaro kanallar orqali yetkazib berish mumkinligini taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring