Gaitida jodugarlikda ayblangan 110 nafar keksa kishini qatl etildi

10:35 11 Dekabr 2024 Dunyo
332 0

Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi jinoiy guruh aʼzolari 110 kishini jodugarlikda ayblab oʻldirdi. Bu haqida BBC xabar berdi.

Inson huquqlarini himoya qilish milliy tarmogʻi (RNDDH) mahalliy jinoiy toʻda rahbarining oʻgʻli kasal boʻlib, vafot etganidan keyin ularni oʻldirganligini maʼlum qilgan.

Jinoiy guruh rahbari yordam soʻrab ruhoniyga murojaat qilgan, u bolaning kasalligini sirli deb atagan va bunda jodugarlik bilan shugʻullanadigan keksa mahalliy aholini aybdor deb hisoblagan.

Shundan soʻng, jinoiy guruh aʼzolari 60 yoshdan oshgan yuzlab aholini uylaridan oʻgʻirlab ketgan, soʻngra pichoq va miltiq bilan otib oʻldirishgan.

Inson huquqlari tashkilotlari qotilliklarning tashkilotchisi Mikano nomi bilan ham tanilgan Monel Feliks ekanligini taʼkidlamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, joriy yil boshidan beri Gaitida toʻdalar zoʻravonligining kuchayishi oqibatida halok boʻlganlar soni 5000 taga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер