Fuqarolarni Norvegiya va Latviyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan “uddaburon”lar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.A. fuqaro J.T.ni 7 ming AQSH dollari evaziga Norvegiya davlatiga ishga yuborishini aytib, ushbu pullar hisobidan 84 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Uchtepa tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro S.Gʻ. fuqaro E.J.ning ishonchiga kirib, uni Latviya davlatiga borishi uchun shengen vizasini olib berishi va ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 1 ming 700 AQSH dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring