Fargʻonada 40 ming nafar oʻgʻil-qizlar oromgohlarda dam oladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yozgi taʼtil mavsumi bolajonlarning eng sevimli davri va bu paytda kelajagimiz vorislari miriqib dam olishi uchun yurtimizda barcha sharoitlar muhayyo etilgan.
— Bu yilgi mavsumda viloyatdagi 14 ta statsionar, maktablar qoshidagi 114 ta kunduzgi oromgohlarga qariyb 40 ming nafar oʻquvchilarni jalb etish rejalashtirilgan, — deydi Bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti Fargʻona viloyati boshqarmasi mutaxassisi Muzaffar Mamatqulov. — Shu maqsadda har bir oromgohda puxta taraddud ishlari olib borilib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi.

Rishton tumanining “Qoʻrgʻoncha” MFY hududida joylashgan “Rishton” oromgohi 2023-yildan buyon samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Oromgoh direktori Akmaljon Toʻraqulovning maʼlum qilishicha, hududdagi 4,5 gektar yer maydonida 1,3 ming tupdan ziyod manzarali hamda mevali daraxt parvarishlanadi. Bu yozning jaziramasida ham oromgoh hududi salqin va bahavo boʻlishini taʼminlaydi.
Bu yilgi mavsumda oromgohda 12 kundan iborat 5 bosqichli jarayonda 600 nafar bolajonlarning dam olishi maqsad qilingan. Dastur doirasida har bir kun uchun alohida mavzu ishlab chiqilgan. Xususan, “Bolalar festivali”, “Harbiy vatanparvarlik” va “Milliy qadriyatlar” kuni uchun oʻziga xos tadbirlar oʻtkaziladi. Shuningdek, “Zakovat”, “Ijod va isteʼdod”, “Ona tabiatni asrash”, “Mohir qoʻllar”, “Yosh arxitektor”, “Millatlar doʻstligi”, “Turizm va oʻlkashunoslik” mavzusidagi mashgʻulotlar ham oʻquvchilarga olam-olam zavq bagʻishlaydi.

— Har yili uch nafar oʻgʻlim yozgi taʼtilni oʻtkazish uchun “Rishton” oromgohini tanlashadi, — deydi farzandlarini koʻrgani kelgan Zuhraxon Rajapova. — Darhaqiqat, bu oromgohning tabiati fusunkor, ish yuritish uslubi juda ham namunali. Shu bois farzandlarimiz bu yer dam dam olish bilan birga, bilim va tafakkurini charxlaydi. Eng muhimi, milliy qadriyat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring