Yevropa va Amerikaga yo‘l. Ozarboyjon portlaridan fotoreportaj

15:57 21 Avgust 2023 Dunyo
3537 0

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Ozarboyjonda O‘zbekiston Ozarbayjon transport forumi bo‘lib o‘tdi. Bugun ushbu sohada ikki davlat faol hamkorlikka kirishgan. 2022 yil yakunlariga ko‘ra, Boku porti orqali O‘zbekistonning eksport-import yuklarini tashish hajmi 904 ming tonnani tashkil etdi. Yuklarni tranzit tashish hajmi 862 ming tonna bo‘ldi. 2021 yilga nisbatan o‘sish 72 foizni tashkil qilgan.

Ayni vaqtda ikki davlat mutasaddilari halqaro transport yo‘laklaridagi imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, aviatsiyada hamkorlikni kengaytirish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish borasida muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, tez kunlarda transport kommunikatsiya tizimidagi hamkorlik borasida O‘zbekiston –Ozarbayjon o‘rtasida muhim kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda. 

Forumda ishtirok etgan "Xalq so‘zi" Ozarboyjondan yana bir fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?