Yevropa Ittifoqi Rossiya gazidan toʻliq voz kechish sanasini kelishib oldi

15:07 03 Dekabr 2025 Dunyo
157 0

Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevroparlament Rossiya tabiiy gazini bosqichma-bosqich importdan chiqarishga oid reglament boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda tegishli press-relizda maʼlum qilindi.

Kelishuvga koʻra:

— Rossiya quvur gazini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berishga oid uzoq muddatli shartnomalar 2027-yil 1-noyabrdan kechiktirmay toʻliq taqiqlanadi.

— Rossiya suyultirilgan tabiiy gazi (SPG) boʻyicha cheklovlar esa 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Shu bilan birga, 2025-yil iyungacha tuzilgan qisqa muddatli shartnomalar uchun oʻtish davri nazarda tutilgan:

— 2026-yil 25-apreldan boshlab Rossiya SPG importi taqiqlanadi;

— 2026-yil 17-iyundan boshlab Rossiya quvur gazi importi ham toʻxtatiladi.

Cheklovlarga rioya etilishini taʼminlash uchun importga oldindan ruxsat olish tizimi joriy qilinadi. Arizalar kamida bir oy oldin topshirilishi kerak boʻladi. Qoidalar buzilgani taqdirda jarimalar qoʻllanadi.

Yevrokomissiya 2027-yil oxirigacha Rossiya neftini import qilishni toʻliq taqiqlash boʻyicha ham yangi qonunchilik tashabbusi bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?