Yerlar tadbirkorlarga 30-yilga ijaraga beriladi – Shavkat Mirziyoyev sanoatlashgan bogʻlar tashkil qilish haqida
Xabar berganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda prezident eksportni koʻpaytirish uchun yangi urugʻ navlarini oʻzimizda yaratishimiz kerakligini taʼkidladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Xitoy va Turkiya tajribasi asosida qishloq xoʻjaligida urugʻchilik tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqib, ekinlar gen bankini kengaytirish choralarini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu ishlarga 24 million dollar mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, tumanlarda 75 ming gektar samarasiz bogʻlar borligi, har yili 1 ming gektardan bogʻni tiklash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Bu borada yangi tizim joriy qilinib, unga koʻra hokimliklar sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun buyurtma beradi, loyihalarini ishlab chiqib, tadbirkorlarga 30-yilga ijaraga beradi.
Sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi orqali imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Mutasaddilarga 75 ming gektar samarasiz bogʻlar hamda 100 ming gektar past hosilli paxta, gʻalla va boshqa ekin yerlari oʻrnida sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar barpo qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring