Elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklash taklif qilindi
«ADM Jizzakh» bosh direktori elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni taklif qilgan. Bu haqida Spot.uz zavod bosh direktori Doniyor Davletiyarovning soʻzlariga tayanib xabar berdi.
Unga koʻra, Oʻzbekistondagi avtomobil bozori «haddan tashqari toʻyingan va qizib ketgan». Shuning uchun u jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solish kerak degan fikrda.
Qayd etishicha, agar avtomobil ishlab chiqaruvchisi 60 dan ortiq texnik talablarga javob berishi kerak boʻlsa, unda import mahalliy standartlarga javob bermaydi.
Bundan tashqari, «ADM Jizzakh» bosh direktori avtotransport vositalarini rasmiy dilerlar orqali olib kirish tartibini tiklash taklifini ham bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring