Elektrdan nooqilona foydalangan korxona jarimaga tortildi

Elektr energiyasidan nooqilona foydalanib kelgan korxona jarimaga tortildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
“Oʻzenergoinspeksiya” Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan “T.” AJ tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi boʻyicha hisob-kitob qilinib, 108,5 million soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanildi.
Taʼkidlash joiz, reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Avvalroq maishiy gaz ballonlari texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotganligi toʻgʻrisida ham xabar qilingandi.
Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Kasbi “Denov” MFYda faoliyati toʻxtatilgan servis markazida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotgan boʻlgan.
Xususan, ushbu faoliyati toʻxtatilgan servis markazida jami 206 dona gaz ballon (jami 4120 kg suyultirilgan uglevodorod gazi toʻldirilgan gaz ballonlari) noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi. Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring