AQSH Davlat departamenti xodimlari mamlakatning Isroilga nisbatan pozitsiyasini tanqid qiluvchi murojaat tayyorlamoqda — OAV
Ilyustrativ foto
AQSH Davlat departamenti xodimlari departamentning Yaqin Sharqdagi mojaroga doir siyosatini tanqid qiluvchi hujjat tayyorlamoqda. Bu haqda "Huffington Post" nashri oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.
Davlat departamentining ikki xodimiga koʻra, u Isroil harakatlarini bir tomonlama qoʻllab-quvvatlash va falastinlik tinch aholining azob-uqubatlariga eʼtibor bermaslikka salbiy baho beradi. Maqolada aytilishicha, bunday hujjatlar yuqori martabali amaldorlarga yopiq kanallar orqali uzatiladi va Davlat departamentida muhim tarixiy daqiqalarda jiddiy kelishmovchiliklarning izchil bayonoti sifatida koʻriladi.
Xodimlarning taʼkidlashicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va uning maslahatchilari keng tarqalgan ichki norozilikdan bexabar. Davlat departamentining yana bir xodimi taʼkidlaganidek, departamentda barcha darajadagi isyon koʻtarilmoqda.Bundan tashqari, Kongressda norozilik kuchayib bormoqda — OAV xabarlariga koʻra, musulmon va yahudiy millatiga mansub 400 nafardan ortiq xodim Vakillar palatasiga Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojaroda oʻt ochishni toʻxtatishni qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan ochiq xatni imzolagan.
“Biz yahudiy va musulmon ildizlariga ega Kapitoliy xodimlarimiz va ularning ittifoqchilarimiz. Bugun biz AQSH Kongressi aʼzolari boʻlmish boshliqlarimizdan Isroil va HAMAS oʻrtasida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish chaqiriqlariga qoʻshilishni soʻraymiz”, deyiladi hujjatda.
Kuni kecha Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller aytganidek, Yaqin Sharqdagi hozirgi vaziyatda, Vashington nazarida, eng toʻgʻri qadam bu mojaro tomonlari oʻrtasida vositachilik qilish emas, balki Isroil Mudofaa kuchlarining oʻz mamlakatini himoya qilish boʻyicha harakatlaridir.
Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va Isroil hududiga havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga olgan. Shu fonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi.
Isroil mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi. Isroil havo kuchlari Gʻazo sektoriga yuzlab zarbalar berdi. Ushbu hududga suv, oziq-ovqat, elektr va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyildi.
Isroil havo hujumlari oqibatida Gʻazo sektorida qurbonlar soni 3785 nafarga yetgan, ulardan 1524 nafari bolalar va ming nafari ayollarni tashkil etadi, deya xabar berdi mahalliy sogʻliqni saqlash vazirligi.
Isroil rasmiy idoralari maʼlumotlariga koʻra, HAMAS hujumlari oqibatida 1300 nafardan ortiq odam halok boʻlgan. Bundan tashqari, turli hisob-kitoblarga koʻra, 250 nafargacha isroillik HAMAS qoʻliga asirda saqlab turilgan boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring