Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
“Oʻzgidromet” 5-7-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun kunning birinchi yarmida Fargʻona vodiysi viloyatlarida va Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan 5-7-dekabrda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliq, shimolda kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq boʻladi.
8-dekabrda respublikaning koʻp viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Toshkent shahrida 5-dekabrda kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 6-7-dekabrda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring