Chiqindi xizmatidan qarzdor qariyb 205 ming abonentning elektr toʻloviga vaqtincha cheklov oʻrnatildi
Shu yilning 6-dekabr holatiga koʻra, respublika boʼyicha chiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan 204 ming 895 ta abonentning elektr energiyasi uchun toʻlov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Bu haqida “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, bungacha respublikada chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 milliard soʼm debitor qarzdorlik uchun jami 231 ming 14 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgan.
Shundan soʻng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun besh kun muddat berilgan va ushbu davrda 9,4 milliard soʻmlik toʻlovlar amalga oshirilgan. Ayni paytda chiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 milliard soʻm debitor qarzdorlik mavjud.
“Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi. Maʼlumot uchun, 07.03.2025-yildagi 1044-sonli Qonun bilan chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari boʻyicha toʻlov intizomi tartibga solingan. Unga koʻra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar «Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatilmoqda. Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha boʻlgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan boshlab qoʻllanilmoqda. Hurmatli fuqarolar, chiqindilarni olib ketganlik xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishingizni soʻraymiz», — deyiladi “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring