Buzilishi lozim boʻlgan imoratlarni baholash tartibi xalq muhokamasida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan boʻlib, ushbu hujjat bilan buzilishi lozim boʻlgan imoratlarni baholash tartibi tasdiqlanadi. Maqsad buzilayotgan imoratlar mulkdorlariga yetkazilgan zararni qoplash miqdorini yangi tartibda aniqlashga qaratilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, loyihada “imoratlar” deb tilga olingan atama ostida yer uchastkasida joylashgan turar va noturar joy binolari, dala hovlilar, koʻp qavatli uylardagi xonadonlar, yer uchastkalariga nisbatan mulkiy huquqlar, ekinlar, qishloq xoʻjaligi obyektlari tushunilishi aniq etib belgilangan.
Ushbu qaror loyihasi jamoatchilik tomonidan ham keng muhokama qilinishi uchun internet sahifalariga joylashtirildi. Ijtimoiy tarmoq ishtirokchilari tomonidan mazkur qaror loyihasi yuzasidan juda koʻp konstruktiv fikrlar, turli eʼtiroz va takliflar bildirilgan. Ularga “Tashkent–SNOS” guruhi aʼzolari va boshqa koʻplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini misol qilib keltirish mumkin.
Shu oʻrinda agentlik baholash bilan bogʻliq boʻlgan hujjatning oxiriga yetkazishda barcha shaxslardan faol ishtirok etishlarini soʻrab qoladi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring