Buxoroda prokurorning katta yordamchisi pora bilan qoʻlga tushdi

Buxoro viloyatida fermerni unga nisbatan tayinlangan hukm ogʻirrogʻiga almashishidan saqlab qolish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi qoʻlga olindi.
2024-yilning iyun oyida Jondor tumani prokuraturasi tomonidan paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi 2024-yilning noyabr oyida mazkur tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan oylik maoshining 20 foizini ushlab qolgan holda 2-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Shundan soʻng, sudlanuvchiga ogʻirroq jazo turi tayinlanishi lozimligi yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan sud hukmiga nisbatan kassatsiya protesti kiritiladi.
Vaziyatdan xabardor boʻlgan Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi esa fermer xoʻjalik rahbariga nisbatan dastlabki instansiya tomonidan chiqarilgan hukmni sudya orqali oʻzgartirishsiz qoldirish evaziga 3 ming dollar talab qilib, shundan 500 AQSH dollarini olgan. Ammo u qolgan 2500 AQSH dollarini Buxoro shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa bir holatda, DXX xodimlari tomonidan Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot shuʼbasi katta surishtiruvchisi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, Shovot tumanida yashovchi fuqaroni vakolatli hamkasblari orqali MIB tizimiga ishga kiritib qoʻyishini aytadi.
U buning evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 1800 AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring