Buxoroda korxona 345 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
Buxoroda suv nasosini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan MCHJ 345 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Shofirkon tumanida joylashgan “Sh.H.G.S.S.” MCHJga qarashli boʻlgan suv nasoslarini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
“Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 345 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring