Britaniya Venesuela bilan ziddiyatda Gayanani qoʻllab-quvvatlash uchun harbiy kema joʻnatadi

10:24 25 Dekabr 2023 Dunyo
465 0

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi HMS Trent Rojdestvodan keyin Gayanada qoʻshma mashgʻulotlarda ishtirok etishini tasdiqladi. Britaniya Hamdoʻstligi aʼzosi boʻlgan Gayana Janubiy Amerikadagi ingliz tilida soʻzlashuvchi yagona davlatdir.

HMS Trent patrul kemasi narkotik kontrabandachilarni qidirish uchun Karib dengiziga yoʻl olgandi. Ammo Venesuela hukumati dekabr oyi boshida Gayana hududining uchdan ikki qismini tashkil etuvchi 159 kvadrat kilometrlik Essekibo hududini anneksiya qilish bilan tahdid qilganidan keyin kema yoʻnalishini ushbu mamlakat tomon oʻzgartirgan.

Venesuyela uzoq vaqtdan beri Essekiboga daʼvo qilmoqda. Mintaqa neft, oltin, olmos va boksitga boy hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?