Bosh prokuror Prezident qarori ijrosini o‘rganmoqda

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi hamda joylarda kriminogen vaziyatni tahlil qilish faoliyatining tashkil etilishi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganildi.
Xususan, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Qarshi tumanidagi Quyi Beshkent, Qarshi shahridagi Samarqand hamda Koson tumanidagi Mudin mahallarida va "Yangi O‘zbekiston massivi"da qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, “Mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga “ijtimoiy profilaktika”, “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “namunaviy xavfsiz yo‘laklar”ni tashkil etish, mahallarni to‘liq videokuzatuv bilan qamrab olish, probatsiyada turgan shaxslarni ijtimoiy muammolarini o‘rganish, ishsizlar muammolarini hal etish, maktablarda davomat bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring