Bosh prokuraturada idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

19:50 19 Mart 2025 Jamiyat
159 0

Davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.  

Mazkur hujjatlar ijrosi bo‘yicha-Bosh prokuraturada Prezident-maslahatchisi D.Qodirov boshchiligida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, sohaga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlari, viloyat, tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari va ichki ishlar bo‘linmalari boshliqlari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Qarorlar mazmun va mohiyati to‘liq yoritilib, kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish va manzilli nazorat tadbirlarini amalga oshirish orqali mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni ta’minlash, bu borada "mahallabay" manzilli choralar natijadorligini oshirishning yangicha mexanizmlari ko‘rsatib o‘tildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yo‘l qo‘yilgan xato va  kamchiliklar aniq raqamlar hamda misollarda ko‘rsatib o‘tilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, jinoyatlar og‘irlik darajasi va toifasiga asosan “respublika – viloyat – tuman” tamoyili asosida muvofiqlashtirilishi va qat’iy nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlanib, mas’ullarga bu borada aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 mingta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilgani ma’lum qilinib, ichki ishlar organlari tomonidan voyaga yetmaganlar bilan “Oila – mahalla – maktab” tamoyili asosida manzilli ishlash yo‘nalishida aniq vazifalar belgilab berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер