Bolgariyalik yozuvchi Oʻzbekistonga bagʻishlab kitob yozdi

15:10 23 Iyul 2020 Jamiyat
1693 0

Bolgariyalik taniqli yozuvchi Mariya Filippova Xadjining Oʻzbekistonga bagʻishlangan “Toʻrtinchi ustun” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Kitob bolgar tilida Plovdiv shahridagi “IMEON” nashriyotida chop etilgan.

Mariya Filipova ushbu asarini 2018-yili Oʻzbekistonga safaridan keyin yoza boshlagan. Oʻsha yili u yurtimizda tashkillashtirgan “Oʻzbekistonda chet ellik yozuvchi va rassom rezidensiyada” mustaqil dasturining ilk ishtirokchisi boʻlgan edi. Ayni paytda bolgar yozuvchisi oʻzbekistonlik doʻstlari bilan ushbu asarini rus tiliga tarjima qilmoqda.

“Asar bosh qahramoni butun hayoti davomida ota-bobolari yurti boʻlmish Oʻzbekistonga talpinib yashaydi, turmushidagi har bir ishora uni Markaziy Osiyoga yoʻnaltiraveradi. Asardagi koʻp voqea-hodisalar uydirma emas, ayni haqiqatdir”, deydi adiba.

OʻzA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер