Boks. Oʻzbekiston Jahon kubogida birinchi boʻldi
Foto: Boks federatsiyasi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi “World Boxing” tashkiloti kubogini umumjamoa hisobida 1-oʻrin bilan yakunladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 31-martidan 5-aprel kuniga qadar Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahri mezbonligida “World Boxing” tashkiloti kubogi bahslari boʻlib oʻtdi.
Toʻlqin Qilichev boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi erkaklar kesimida 10 ta vaznning 8 tasida gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Xususan, vakillarimiz 7 ta final yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, yakunda 5 ta oltin, 2 ta kumush medallarini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, jamoa hisobida 1 ta bronza medali ham bor. Albatta bu natija oʻzbek bokschilariga doimgidek umumjamoa hisobida birinchilikni taqdim etdi.
Medallar jamgʻarish boʻyicha keyingi oʻrinni mezbonlar: 3 ta oltin, 2 kumush va 4 ta bronza bilan, uchinchi oʻrin esa, qoʻshni Qozogʻiston jamoasi band etdi. Ular hisobida 3 oltin (ikki erkak, bir ayol) va 3 ta bronza medali bor.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari:
Oltin medal:
- -50 kg. Asilbek Jalilov;
- -75 kg. Fazliddin Erkinboyev;
- -80 kg. Javohir Ummataliyev;
- -90 kg. Toʻrabek Habibullayev;
- +90 kg. Jahongir Zokirov.
Kumush medal:
- -55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov;
- -85 kg. Akmaljon Isroilov.
Bronza medal:
- -60 kg. Madiyar Daniyarov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring