“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

15:00 18 Fevral 2025 Jamiyat
638 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining 2025-yilgi mavsumi ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu marosimda viloyat hokimi oʻrinbosari H. Toʻxtayev, viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Sh. Roʻziyev, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi S. Boboyev hamda hamkor tashkilotlar vakillari, sport, taʼlim muassasalari mutaxassislari, murabbiylar, yoshlar va sportchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda joriy yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga respublika miqyosida yoshlarning 60 foizini qamrab olish rejalashtirilgani alohida taʼkidlab oʻtildi.

Shu yilning mart noyabr oylarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida stritbol, vorkout, shaxmat, shashka, yengil atletika, futbol, mini-futbol, stol tennisi, armrestling, gimnastrada, voleybol, kurash va boshqa sport turlari boʻyicha 5 bosqichdan iborat musobaqalar oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер