Avstraliya kompaniyasi Oʻzbekiston oliygohining ilmiy salohiyatiga 2 mln dollardan ortiq sarmoya kiritmoqda
Avstraliyaning “Micromine Australia Pty Ltd” kompaniyasi va NITU “MISIS“ning Olmaliq shahridagi filiali oʻrtasida kon-metallurgiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida yirik shartnoma imzolandi.
Erishilgan kelishuvga muvofiq, xorijiy investor oʻz mablagʻlari hisobidan MISIS filiali negizida umumiy qiymati 2,1 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan sunʼiy intellektga joriy etilgan va bugungi kunda eng ilgʻor oʻquv-taʼlim IT laboratoriya platformasini yaratdi.
Ushbu IT laboratoriya platformasi yer osti konlarini rejalashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan yechim boʻlib, muhandislarga barcha tafsilotlarni hisobga olgan holda real va amalga oshirish mumkin boʻlgan rejalarni yaratishga yordam beradi. “Micromine” kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari va maxsus sunʼiy intellekt vositalaridan foydalangan holda, murakkab yer osti sharoitlarini yuqori aniqlikda modellashtirish orqali rejalashtirishda fundamental yondashuvni qoʻllash imkonini beradi.
Taqdim etilgan imkoniyatlar talabalarga zamonaviy kasbiy dasturiy taʼminot bilan ishlashga imkon beradi, konchilikning axborot texnologiyalarini oʻrganish boʻyicha tayyorgarlik sifatini va bitiruvchilarning mehnat bozorida, shuningdek, umuman sanoatda raqobatbardoshligini oshiradi.
Xorijiy investor vakillari universitetning taʼlim va ilmiy infratuzilmasini rivojlantirishni sarmoyaviy qoʻllab-quvvatlashda, shuningdek, togʻ-kon sanoatida hamkorlikni mustahkamlash va raqamli imkoniyatlarni kengaytirishda davom etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Avstraliyaning “Micromine” kompaniyasi 1986-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda geologiya-qidiruvdan tortib konlarni rejalashtirishgacha boʻlgan togʻ-kon sanoatining butun zanjiri uchun dasturiy taʼminotning dunyodagi eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Kompaniya 90 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi, 50 dan ortiq konlar va 3000 dan ortiq turli loyihalari mavjud. Jumladan, Yevropa Ittifoqi, Amerika, Afrika va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, Rossiya, Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa mamlakatlarda.
Eslatib oʻtamiz, “MISIS“ning Olmaliq filiali 2018-yilda Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Filialni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-sonli va 2018-yil 11-maydagi PQ-3714-sonli qarorlari bilan rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring