Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba
Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
Xalqaro konferensiya yalpi yig‘ilishdan so‘ng beshta panel sessiyalarda davom etdi.
Birinchi sessiyada Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlarida (IHT) atom energiyasidan foydalanish istiqbollari o‘rganilib, O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikkinchi sessiyada atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlar va talablar asosida yadroviy obektlar xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tashkilotlar, xususan, XAEAning tutgan o‘rni va roli muhokama qilindi.

Panel sessiyalar davom etmoqda. O‘tkazilayotgan muhokamalarda ishtirokchilar yadro energiyasining ekologik va ijtimoiy jihatlari yetakchi o‘rinni egallashi, undan tashqari atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish ESG standartlari va BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari kontekstida (asosida) IHT mamlakatlarida barqaror rivojlanishga erishishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini ko‘rib chiqmoqdalar.
Bundan tashqari, atom energetikasini barqaror rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan innovatsiyalar va texnologiyalarga, jumladan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda xavfsiz va samarali foydalanishning muhim negizi bo‘lgan ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu tadbir ishtirokchilarga atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning muhim jihatlari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish va tajriba almashish uchun noyob imkoniyat yaratdi. U xavfsizlikning yuqori standartlari, ekologik mas’uliyat va iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga e’tibor qaratgan holda mamlakatda atom energetikasini muvaffaqiyatli rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim hamkorlik maydoniga aylandi.
Shu bilan birgalikda, konferensiya O‘zbekistonning xalqaro tajribani integratsiyalash va ilg‘or tajribalarni joriy etishga tayyorligini namoyish etadi, bu esa atom sanoati xavfsiz va samarali rivojlanishining asosiy negizidir.





















Abdulaziz YO‘LDOSHEV
(Xalq so‘zi)
Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring