AQSHda terrorchilar bilan aloqada boʻlganlikda gumonlangan oʻzbekistonlik hibsga olindi

15:00 03 Dekabr 2025 Dunyo
158 0

AQSHning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari Filadelfiya shahrida ISHID (ISIS) terrorchilik tashkiloti bilan aloqador yoki aloqada boʻlganlikda gumonlanayotgan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi. Bu haqda “Slavic Sacramento” xabar berdi.

Hibsga olish 18-noyabr kuni amalga oshirilgan. Maʼlum qilinishicha, 34 yoshli J.A. AQSH immigratsiya xizmati roʻyxatida “eng yomonlarning eng yomoni” sifatida qayd etilgan shaxslar ichiga kiritilgan.

Hozirda u Nyu-Jersi shtatidagi “Elizabeth Contract Detention Facility” saqlash markazida qamoqda qolmoqda.

Erkakni AQSHdan deportatsiya qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?