“Anorbank” rahbari Parijda oʻgʻirlab ketildi
Foto: “Anorbank”
“Anorbank” aksiyadori Qahramon Olimov Fransiya poytaxti Parijda oʻgʻirlab ketildi va 2 kun tutqunlikda ushlab turilganidan soʻng tovon puli evaziga qoʻyib yuborildi. Bu haqda “Le Monde” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 48 yoshli bank egasi joriy yilning 21-iyun kuni Toshkentdagi Islom Karimov xalqaro aeroportidan Istanbul orqali Parijga uchib ketgan. Ertasi kuni u Parijdagi “Sofitel Arc-de-Triomphe” mehmonxonasidan 9 kechaga joy band qilgan va joylashgan.
Oʻsha kuniyoq mehmonxona barida unga rus va ingliz tillarida gapirib, oʻzini Anastaniya deb tanishtirgan, Turkiyada goʻzallik salonida ishlashini aytgan ayol yaqinlashib, suhbat taklif qilgan. Manbaga koʻra, oʻzbekistonlik moliya magnatining oʻgʻirlanish voqeasi shu tariqa boshlangan.
Qayd etilishicha, Olimov 23-iyun kuni Parijning 8-tumanida oʻgʻirlab ketilgan va Nissa yaqinidagi villaning yertoʻlasiga olib borilgan. U oʻsha yerda kaltaklangan, jinoyatchilar hatto uning boʻyniga pichoq tortish bilan tahdid qilgan.
Bank rahbari 2 kun tutqunlikda ushlab turilganidan soʻng, 25-iyunda garov evaziga qoʻyib yuborilgan. Jabrlanuvchi oʻsha kuni Parijdagi “Hôtel-Dieu” shifoxonasida koʻrikdan oʻtkazilgan. Shifokor uning tanasida koʻkargan joylar va yaralar borligini qayd etgan. Biroq Qahramon Olimovning asosiy shikoyati – haddan tashqari xavotir va uyqu bilan bogʻliq muammolar boʻlgan.
Holat yuzasidan “guruh boʻlib, shaxsni noqonuniy ushlab turish” moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va bir kishi qamoqqa olingan.
Maʼlum boʻlishicha, Qahramon Olimov Niderlandiyada roʻyxatdan oʻtgan kompaniya orqali Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida gaz siklli elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etmoqda. U Parijga ayni shu loyiha sababli borgan boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring