Angrendagi koʻp qavatli uylardan birida yongʻin sodir boʻldi

12:23 05 Avgust 2021 Jamiyat
603 0

Bugun, 5-avgust kuni, ertalab soat 09:00 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahri 5/1 dahasida joylashgan toʻqqiz qavatli uyning 6-qavatida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

FVVning yongʻin-qutqaruv guruhlari voqea joyiga besh daqiqa ichida yetib kelishdi. Qutqaruvchilar tomonidan yongʻinni oʻchirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari ham amalga oshirildi.

Bir necha daqiqa ichida 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yongʻin soat 09:38 da toʻliq bartaraf etilgan. FVV xodimlarining aniq va tezkor harakatlari natijasida jabrlanish va halok boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyilmadi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yongʻin oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan. Hozirda mutaxassislar tomonidan yongʻin sababi aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер