Qudratilla Rafiqov Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Raisi lavozimiga qayta saylandi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Bugun poytaxtimizdagi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari saroyida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi boʻlib oʻtdi.
Qurultoy ishiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov raislik qildi.
Qurultoyda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston Qahramonlari, senatorlar, kasaba uyushmalarining ijtimoiy hamkorlari boʻlgan koʻplab vazirlik, idoralar rahbarlari, nuroniylar,belgilangan vakillik meʼyoriga muvofiq Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga saylangan delegatlar, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Gocha Aleksandriya ishtirok etdi.
Qurultoyda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Nazorat-taftish komissiyasining 2021-2025-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti ham tinglandi.
Hisobot-saylovlarni oʻtkazish toʻgʻrisida Nizomga muvofiq Federatsiya raisi va rais oʻrinbosarlari saylovi yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazildi.
Eng avval Federatsiya raisi saylovi boʻyicha yashirin ovoz berish byulleteniga kiritiladigan nomzodlar roʻyxati shakllantirib olindi.
Qayd etilganidek, Tarmoq kasaba uyushmalari, Federatsiyaning hududiy Kengashlari delegatsiyalari vakillari yigʻilishida Federatsiya raisi va rais oʻrinbosarligiga nomzodlar yuzasidan maslahatlashuv oʻtkazilib, takliflar tayyorlangan. Delegatsiyalar vakillari yigʻilishi nomidan nomzodlar oʻqib eshittirilgach, ular yashirin ovoz berish byulleteniga kiritildi.
Qisqa tanaffus vaqtida delegatlar uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tarixi va faoliyati toʻgʻrisida tayyorlangan film namoyish etildi.
Bevosita saylovlar jarayoniga oʻtilgach delegatlarga yashirin ovoz berish tartibi tushuntirilib, ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Yashirin ovoz berish natijalariga koʻra, Rafiqov Qudratilla Mirsoatovich koʻpchilik ovoz bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi etib saylandi.
Shundan soʻng Federatsiya raisining oʻrinbosarlari saylovi boʻyicha yashirin ovoz berish natijalari eʼlon qilindi.
Federatsiya organlari tarkibi va Nazorat-taftish komissiyasi aʼzolari va raisini saylash jarayonlari delegatlar taklifiga koʻra ochiq ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring