Andijonda aholi xonadonlaridan biri yonib ketdi

10:55 03 Dekabr 2025 Jamiyat
125 0

Videodan kadr

Andijon viloyatining Andijon tumanidagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 2-dekabr kuni soat 22:33 da “Kurama” MFY, Serfayz koʻchasida joylashgan aholi yashash xonadonida yongʻin yuz bergani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 22:44 da hodisa joyiga yetib borib, soat 22:49 da alangani oʻrab olingan va 23:30 da toʻliq oʻchirgan.

Aniqlanishicha, hodisa oqibatida yashash uyining shift, tom qismi va uy roʻzgʻor buyumlari zararlangan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?