“Ana xolos”… “Tesla” rahbariyati Ilon Maskni “haydamoqchi”

“Wall Street Journal” nashrining xabar berishicha, “Tesla” kompaniyasi kuzatuv kengashi 2025-yil mart oyida Ilon Maskning oʻrniga yangi bosh direktor izlash boʻyicha xedxanting agentliklari bilan aloqaga chiqqan. Bu qadam kompaniya aksiyalarining qimmatsizlanishi va Maskning hukumatdagi DOGE (Government Efficiency) loyihasiga ajratgan vaqti bilan bogʻliq jiddiy norozilik fonida sodir boʻldi.
“Tesla”ning 2025-yil birinchi choragidagi moliyaviy hisobotlari ham bu vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Daromad 71% ga pasaydi va sotuvlar boʻyicha kompaniya oʻz tarixidagi eng yomon natijalarni qayd etdi. Shu kuni Mask oʻzining DOGE loyihasidan vaqtincha chekinishini eʼlon qildi. Ammo u CEO vazifasida qancha qolishi, kuzatuv kengashining izlash jarayoni toʻxtatilgani yoki yoʻqligi nomaʼlumligicha qolmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, mart oyida kuzatuv kengashi Maskdan kompaniyada koʻproq vaqt oʻtkazishni talab qilgan, u esa bunga qarshi chiqmagan. “Wedbush Securities” kompaniyasining tahlilchisi Den Ayvs buni “muvaffaqiyatli qaror” deb baholab, Mask kamida yana besh yil CEO sifatida faoliyat yuritishiga ishonch bildirdi.
Maskning “Tesla”dagi faoliyati ziddiyatli boʻlib qoldi. Uning siyosiy qarashlari va X platformasidagi faoliyati sabab, “Tesla” koʻplab xaridorlar va faollar tomonidan tanqidga uchragan. Kompaniya atrofida namoyishlar koʻpaydi, ayrim bozorlarda esa brendga boʻlgan munosabat salbiy tomonga oʻzgardi.
Qolaversa, “Tesla” Xitoy bilan AQSH oʻrtasidagi savdo urushi taʼsirida qolmoqda. Mask tariflar boʻyicha Tramp maʼmuriyati bilan bir necha marta tortishgan. Shunga qaramay, “Tesla” AQSHda ishlab chiqarishga urgʻu bergani uchun soʻnggi ijobiy tartiblardan foyda koʻrishi mumkin.
“Tesla” aksiyalarining tushishi, Maskning boshqa loyihalarga berilganligi va kompaniyadagi iqtisodiy muammolar fonida, Maskning CEO vazifasidan ketish istagi haqida ham maʼlumotlar paydo boʻldi. Mask oʻzining dam olishini va “Tesla”dagi missiyasini boshqa shaxsga topshirish ehtimolini maʼlum qilgan. Ammo u oʻzining ulkan aksiya paketlari va opsionlari sabab kompaniyadagi taʼsirini yoʻqotmasligi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring