Adliya vazirligi: oʻtgan yili 2 554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan

Bugun, 7-fevral Adliya vazirligi binosida “Adliya vaziri jamoatchilik oldida hisobot beradi» nomli jurnalist va blogerlar uchun hisobot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbir vazirlik tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar, kelgusi rejalar, yoʻlga qoʻyilishi kutilayotgan yangi loyihalar toʻgʻrisida OAV va jamoatchilikni xabardor qilish, media hamjamiyat bilan yaqin muloqot oʻrnatish maqsadida tashkil etildi.
Unda “Adliya: shonli 30 yil” va “Adliya hisobot beradi: 2021-yil sarhisob va rejalar” kitoblari va boshqa huquqiy mavzudagi kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Hisobot tadbirida adliya vaziri Ruslanbek Davletov vazirlik faoliyati boʻyicha 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar, norma ijodkorligi sohasidagi muammolar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, adliya organlari va muassasalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan 18 ta qonun hujjati qabul qilindi, vazirlik zimmasiga qonun hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish vazifasi yuklatildi.
Vazirlik 2021-yil davomida bir qator yutuqlarga erishdi va eʼtirofga sazovor boʻldi. Xususan:
- ISO 9001 sifat nazorati menejmenti xalqaro standarti sertifikatiga loyiq deb topildi;
- Vazirlikning feysbuk, telegram va instagramdagi sahifalari rasmiy belgiga ega boʻldi;
- “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik tanlovida “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol huquqni muhofaza qiluvchi organ” nominasiyasida gʻolib boʻldi;
- “YIL TANLOVI — 2021” tanlovida “Yilning eng namunali vazirligi” boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.
2021-yil davomida adliya organlariga 124 mindan ziyod murojaat kelib tushgan boʻlib, murojaatlarni koʻrib chiqish natijalarida 50 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan, 174,5 mlrd. soʻmdan ortiq pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarilgan, davlat organlari va tashkilotlarining 19 462 ta hujjatlari bekor qilingan yoki ijrosi toʻxtatilgan.
Vazirlik tomonidan 2 554 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan, 1 606 ta loyihalar huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, rozilik imzosi qoʻyilgan, 640 ta loyiha boʻyicha huquqiy ekspertiza oʻtkazilib, maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa berilgan.
2021-yilda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
— aholiga koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 11 mln.ni tashkil qildi;
— 18 ta davlat xizmatlari turi, shundan 6 tasi bepul joriy qilindi ularning soni bugungi kunda 166 tani tashkil qilmoqda;
— talab etiladigan hujjatlar soni 52 foizga qisqartirildi va 80 dan ortiq xizmatlar soddalashtirildi;
— markazdan olisda joylashgan hududlarda va aholi zich joylashgan mahallalarda davlat xizmatlari markazining 48 ta filiallari tashkil etildi;
— davlat xizmatlari koʻrsatilishida shaffoflikni taʼminlash maqsadida toʻlovlar haqida SMS-XABAR yuborilishi joriy qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil davomida huquqiy targʻibot, aksiyalar va loyihalarni amalga oshirishda ham ancha faol ishlar olib borildi. Xususan:
— fermerlardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrganish maqsadida 2021-yil iyun – dekabr oylarida “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi oʻtkazildi;
— “Tashkent Law Spring” II xalqaro yuridik forumi tashkil etildi;
— “ECOBOZOR” savdo majmuasida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi oʻtkazildi;
— “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi tashkil etildi;
— Yuridik texnikum oʻquvchilari oʻrtasida “IDROK” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Shuningdek, 2021-yildagi faoliyatni tanqidiy tahlil qilish natijalari boʻyicha yaqin istiqbolga moʻljallangan qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan:
— 2500 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va 2000 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish;
— 1990 — 2016-yillar oraligʻida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlarini xatlovdan oʻtkazish, xatlov natijasida eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normalarni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
— mobil ilova orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishni joriy qilish;
— maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi doirasida davlat organlarining bir-birini takrorlaydigan funksiyalarini maqbullashtirish;
— davlat boshqaruvi organlarining buyruq va farmoyishlarini bosqichma-bosqich “E-qaror” elektron tizimida eʼlon qilish orqali jamoatchilikka yetkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring