Adabiy til meʼyorlariga rioya qilishdagi muammolar oʻrganildi

00:59 15 Fevral 2019 Jamiyat
2318 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qoshidagi Respublika terminologiya markazi tomonidan “Qoraqalpogʻistondagi ommaviy axborot vositalarida adabiy tilning saqlanishi” mavzuida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda filologiya fanlari doktori, professor Q. Jarimbetov, Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi M. Nizanov, “Yerkin Qaraqalpaqstan” — “Vesti Karakalpakstana” gazetalari bosh muharriri K. Reymov, Qoraqalpogʻiston “Xabar” agentligi direktori B. Nurabullayev, filologiya fanlari doktori, professor Q. Orazimbetov maʼruza qildilar.

Maʼruzachilar adabiy til qoidalarining saqlanishida ommaviy axborot vositalarining tutgan oʻrni hamda bu borada yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarning oldini olish boʻyicha fikr bildirdilar.

Tadbirda gazeta, televideniye hamda radioeshittirishlarda adabiy til meʼyorlariga rioya etish, imlo qoidalari, fonetik va morfologik xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun nimalarga ustuvor ahamiyat qaratilishi kerakligi aytib oʻtildi. Shuningdek, radiodasturlar, telekoʻrsatuvlar hamda gazetalarda nojoʻya ishlatilgan soʻzlar, boshqa tillardan kirib kelgan iboralardan oʻrinsiz foydalanilayotganligi misollar bilan keltirib oʻtildi.

Dilnoza Bazarboyeva, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер