9 ta gol kiritilgan oʻyinda “Manchester Siti” gʻalaba qozondi

11:11 03 Dekabr 2025 Sport
144 0

Kecha, 2-dekabr kuni Angliya Premyer-ligasining 14-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi Londonda “Fulhem” mehmoni boʻldi.

Uchrashuvda 4:5 hisobi qayd etildi. Gʻoliblar safida gollarga Fil Foden (2 ta), Erling Holand, Tijjani Reyynders mualliflik qildi. Yana bir gol avtogol sifatida Sander Berge hisobiga yozildi.

“Fulhem” klubining javob gollari esa Samuel Chukvueze (2 ta), Aleks Ivobi va Smit Rou hisobiga yozildi.

Ushbu gʻalaba evaziga “shaharliklar” oʻz hisobidagi ochkolar sonini 28 taga yetkazdi va APL jadvalining ikkinchi oʻrniga mustahkam joylashdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov esa ushbu oʻyin qaydnomasidan oʻrin oldi. Ammo maydonga tushirilmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?