8 dona “Sava” qushlarini ovlagan fuqaro qonun oldida javob beradigan boʻldi
“Sava” qushlarini noqonuniy ovlagan huquqbuzar sud oldida javob beradi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.
Unda aytilishicha, Parkent tumani Qizil tosh shaharchasi togʻli hududida olib borilgan reyd davomida fuqaro R.A. tomonidan 8 dona qorabosh “Sava” qushi noqonuniy tarzda toʻr yordamida ovlanayotganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Holatga qonuniy berish uchun toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Parkent tuman sudiga yuborilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda noyabr oyi brakonyerlikka qarshi kurash oyligi deb eʼlon qilingan. Bunda noqonuniy ov holatlariga qarshi kurash va bu boradagi targʻibot-tashviqot ishlari kuchaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring