3 mln dollar kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi
3 million dollar miqdorida kredit olib bermoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ rahbari, 1979-y.t. muqaddam sudlangan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali aksiyadorlik tijorat banklardan biridan 3 mln. AQSH dollari miqdorida maqsadsiz kredit olib berishni vaʼda qiladi va evaziga kreditning 33 foizini, yaʼni 990 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 150 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaroga goʻyoki oʻzini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablagʻini ajratib berishni vaʼda qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi, 1983-y.t. shaxs ham protsessual tartibda qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatida fuqaro hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yerni sotib yubormoqchi boʻlgani haqida xabar qilgandik. U yer uchun 200 ming AQSH dollari talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring