22-yanvar kuni qaysi hududlarda qor yogʻishi aytildi

18:04 21 Yanvar 2026 Jamiyat
348 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 22-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 20-22 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, choʻl hududning shimolida 13-15 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha, baʼzida 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha, baʼzida 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha, baʼzida 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi. 21-26-yanvarda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?