2024-yilda sifatsiz qurilish materiallari ishlatilishi bilan bogʻliq 1,6 ming ta holat aniqlangan
Illyustrativ foto
2024-yilda sifatsiz qurilish materiallari ishlatilishi bilan bogʻliq 1,6 ming ta holat aniqlangan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Yigʻilishda qayd etilishicha, aholi soni oʻsishi, urbanizatsiya jarayoni qurilish materiallariga boʻlgan talabni oshirmoqda.
Yil boshidan pudrat ishlari 10,3 foizga oʻsdi. Lekin omborlarda katta hajmda keramik plita, gipsokarton, oyna, bazalt momigʻi yigʻilib qolgan. Vaholanki, yiliga 225 million dollarlik xuddi shunday tovarlar import boʻlmoqda.
Endilikda developerlarga aylanma mablagʻ uchun kredit ajratishda mahalliy qurilish materialiga ustuvorlik beradigan tizim joriy qilinadi.
Oʻtgan yili Qurilish inspeksiyasi oʻtkazgan oʻrganishlarda 1 ming 600 ta holatda sifatsiz qurilish materiallari ishlatilgani aniqlangan.
Shu munosabat bilan “Shaffof qurilish” platformasida qurilish materiallari korxonalari va ularning mahsulotlari reyestri shakllantiriladi. Mahsulotlar sifati reytingi yuritiladi va har chorakda yangilab boriladi.
Qurilishda yangi turdagi, energiya tejamkor materiallar paydo boʻlmoqda. Lekin koʻplab mahsulotlarning standarti yoʻqligi, borlari ham xalqaro talablarga mos emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha 68 ta xalqaro standartni qabul qilish topshirildi.
Yigʻilish davomida soha va hudud rahbarlarining axboroti, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring