2024-yilda Xitoydan Oʻzbekistonga qancha turist, qanday maqsadlarda tashrif buyurgan?
2024-yil davomida Xitoydan Oʻzbekistonga 74 ming 304 nafar turistlar tashrif buyurgan. Bu haqida “Statistika agentligi” maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 2024-yilda Xitoydan Oʻzbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari sayohat, xizmat yuzasidan, qarindoshlarini yoʻqlash, tijorat, oʻqish hamda davolanish boʻlgan.
Eng koʻp turistlar sayohat maqsadida tashrif buyurgan boʻlib, ularning soni 57 ming 141 nafarni, undan keyingi oʻrinlarda qarindoshlarini yoʻqlash maqsadida kelganlar 1 ming 228 nafarni, tijorat sababidan tashrif buyurganlar esa 1 ming 177 nafarni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, xizmat yuzasidan 1 ming 131 nafar, oʻqish uchun 794 nafar hamda davolanish uchun 3 nafar xitoylik turist Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Taʼkidlanishicha, 2024-yil davomida qayd etilgan bu koʻrsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 31 ming 834 nafarga ortganligi kuzatilgan.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda Xitoydan Oʻzbekistonga 42 ming 470 nafar turist kelgan boʻlib, ularning 35,6 ming nafari dam olish, 4,8 ming nafari xizmat yuzasidan hamda ming nafardan ortigʻi tijorat maqsadlarida tashrif buyurgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring