Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik”-2026 mukofoti hayʼatining yakuniy yigʻilishida ishtirok etdi
Joriy yilning 11-12-dekabr kunlari Rimda Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik”-2026 mukofoti hayʼatining yakuniy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasidagi uchrashuvlar nomzodlarni har tomonlama oʻrganishga yordam bergani taʼkidlandi. Shuningdek, ularning oʻzaro hurmat, birdamlikni kuchaytirish hamda inson qadrini koʻtarish borasidagi xizmatini baholashda muhim bosqich boʻlgani qayd etildi.
«Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli – hamjamiyatlariga salmoqli ijobiy taʼsir koʻrsatayotgan nomzodlar sifatida oʻzini namoyon etdi.
Hurmatli hayʼat aʼzolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman.
Ishonchim komilki, bizning jamoaviy qabul qilgan qarorimiz jahonda oʻzaro anglashuv va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshadi», — deydi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring